
Xohishlar tugaydimi?
20 Sentabr, 2025 42
Xohishlar tugaydimi?
U oldin Nexia oldi, keyin Tracker, hozir Kia da. Shu kunlarda Santa Fe ga qiziqyapti. "Xohishlar tugaydimi?" deb savol berishadi. "Xohishni atrofdagilardan olamiz." deyishadi ustozlar.
Ko'chadagi mashinani ko'rib, tezda xohlab qolmaydi. Oldidagi odamda ko'rsa, shunda olishga xohish kuchayadi. Bog'chamizda bolalar o'yinchoq talashishida ham ko'rganman. Bir o'yinchoqni olsa qolganlari ham bittaga yopishadi, talashish boshlanadi. Sinfni yarmi bir qizni sevishi ham misol.
Demak, nima xohlashimizni do'stimiz, qarindosh, hamkasbimiz, ijtimoiy tarmoqda kuzatayotgan insonimiz belgilab beradi. Imkoniyat bo'lsa, eski xohishlarga erishsak, yangi xohishlar paydo bo‘ladi. Bu tugamaydigan jarayon. Boy bo'lishdan emas, boylarning muhitidan qochishga buyurilganmiz. Xohishlar yuqumli, dunyo yuqumli.