Abdulbosit Alijonov

Backend dasturchi

Hero Image

Kod yozishdan ko‘ra, kodni tushunish qiyinroq

15 Avgust, 2025 24

Ko‘pchilik dasturchilar ish boshlaganda birinchi o‘ylaydigan narsa — tezroq kod yozish. Ammo vaqt o‘tishi bilan bilasizki, haqiqiy qiyinchilik kod yozish emas, balki uni yillar o‘tgach ham tushunish.

Nega bu muhim?

  • Kodingizni sizdan boshqa odam ham o‘qiydi.
  • O‘zingiz yozgan kodga 3 oy o‘tgach qaytsangiz, u sizga notanish bo‘lib tuyulishi mumkin.
  • Tushunarsiz kod — loyihaning eng katta texnik qarzlaridan biri.

Nimalarga e’tibor berish kerak?

  1. Nomlash aniq bo‘lsin — x, y o‘rniga ma’noli nomlar ishlating.
  2. Kommentariya ortiqcha bo‘lmasin — Kodni o‘zi tushunarli bo‘lishi kerak.
  3. Kichik funksiyalar — Bir funksiya faqat bitta vazifani bajarsin.
  4. Kod tartibi — Bir xil standartdan foydalaning (masalan, PEP8).

Yakuniy fikr

Tez yozilgan kod tez eskiradi.
Tushunarli yozilgan kod esa loyihani yillar davomida tirik ushlab turadi.